Среда, 15.05.2024, 15:03
Приветствую Вас Гость | RSS

wWw.BeKaBaD.Uz

Меню сайта

MINI CHATIMIZ

mp3 pleylist

SO'ROVNOMA

Оцените мой сайт
Всего ответов: 64

STATISTIKA


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

BEKABADSKIY

BAXTI BEKABADSKIY

Главная » 2012 » Август » 17 » Birinchi Muhabbatim Qalbimdasan hamon Sen
01:58
Birinchi Muhabbatim Qalbimdasan hamon Sen
Birinchi muhabbatimni
eslaganimda, ko‘zimga
yosh keladi doim.
Yig‘lagim keladi
beixtiyor... Uning munis
chehrasi ko‘z oldimga
kelganda, o‘zimni aybdor
his qila boshlayman.
Qanchalar yosh, sodda edi
u. Men qanchalik
sevardim uni. Shunchalar
sevardimki, shamolni ham
ravo ko‘rmasdim. Ko‘zlari
yoshlanishini, ko‘ngli
qayg‘u nimaligini bilishini
istamasdim. Lablarida
hamisha tabassum
bo‘lishini xohlardim.
Ammo u negadir doim
g‘amgin yurardi. Ko‘zlari
ma’yus boqardi menga.
Nega bunchalik tushkun
yurishi sababini
tushunolmasdim. Sababini
so‘raganimda, mahzun
jilmayish bilan
kifoyalanardi, dardini
aytishni istamasdi sira.
Qanchalik qistamay,
tayinli javob ololmasdim.
Bundan ko‘p siqilardim,
lekin unga qattiq
gapirolmasdim. Bir kuni
uning kasalxonada
yotganidan xabar topdim-
u, ko‘nglim yomon xijil
bo‘ldi. Yomon hodisa yuz
beradigandek yuragimga
g‘ulg‘ula tushdi. Imkon
topishim bilan
kasalxonaga yugurib
bordim. Uning ahvoli og‘ir
ekan. Doktorlardan
so‘rab- surishtirib jigar
tsirroziga yo‘liqqanini
bildim. Anchadan beri
og‘riyotgan ekan. Shuning
uchun tez-tez davolanib
turarkan. Lekin bu
davolanishlar samarali
emas ekan... Palataga
kirganimda, rangi-ro‘yi bir
ahvolda yotganini ko‘rib,
yig‘lab yuborishdan
o‘zimni zo‘rg‘a tiydim.
Meni ko‘rishi bilan
o‘rnidan turishga
chog‘landi. — Yotaver,
yotaver... — yoniga
cho‘kkalab, sochlarini
silarkanman, nima
deyarimni bilmasdim. —
Nimaga xafasiz? — so‘radi
u quvnoq ohangda
gapirishga urinib. —
Menga ishonmaganing
uchun... Nega shu
paytgacha aytmaganding?
— men undan chindan
ham xafa edim. — Sizga
ishonmaganim uchunmas,
xafa qilishni istamaganim
uchun aytmagandim... —
uning ovozi juda past
eshitildi. Ko‘zlaridan
duvillab yosh quyildi. —
Meni kechiring... —
Kechirim so‘rama, — o‘zim
ham yig‘lab yuborishga
tayyor edim. Lekin uning
yonida kuchliroq bo‘lishim
kerakligini tushunardim.
— Seni tushunib
turibman. Shuni deb
tushkunlikka tushishing
yaxshimas. Menga
avvalroq aytishing kerak
edi... — Foydasi yo‘q... —
u ayanchli iljaydi. —
Avvalroq aytganimda ham,
hech nima o‘zgarmasdi.
Buni hech kim
o‘zgartirolmaydi. —
Hamma dardning davosi
bor... — Ajalning davosi
yo‘q... — Bo‘lmag‘ur
gaplarni qo‘y! — baqirib
yubordim o‘zimni
tutolmay. — Nega
hozirdan bunchalik
tushkunlikka tushib
qolding?! Aytyapman-ku,
hamma dardning davosi
bo‘ladi. Faqat astoydil
harakat qilish kerak... —
Oyim bilan adam ko‘p
harakat qilishdi... — uning
ko‘z yoshlari tingan,
ammo ko‘zlari juda-juda
qayg‘uli edi. — Natija
bo‘lmadi shu paytgacha.
Qancha tabiblarga olib
borishdi, davolatishdi...
Ahvolim yaxshilangandek
bo‘ladi-yu, yana... —
Iltimos, unday dema, —
uning gaplariga
ishonishni, haqiqatni tan
olishni istamasdim. — Hali
ko‘p yashaysan, bunga
ishonchim komil. Faqat
umidingni uzmasliging
kerak. Dardni bergan
Alloh davosini ham beradi.
— Koshkiydi... — u yana
boyagidek mahzun kulib
qo‘ydi. Shu ma’yus
tabassumi yuragimni
yomon o‘rtab yubordi.
Hoziroq undan ajralib
qoladigandek qo‘rqib
ketdim. Tanishganimizdan
beri ilk bor jur’at qilib
uning lablaridan o‘pdim. U
qarshilik qilmadi...
O‘shanda bu bo‘sa
birinchisi va oxirgisi bo‘lib
qolishini o‘ylamagandim...
Uning ahvoli
yaxshilanganday bo‘ldi.
Lekin bu holat uzoqqa
cho‘zilmadi. Bir haftadan
so‘ng yana kasalxonaga
yotqizishdi. Bu safar o‘zim
ham umidsizlikka tushdim.
Uning ahvoli juda og‘ir
edi. Erta-indin o‘lishiga
shubha qilmasdi. Gap-
so‘zlaridan ham umidsizlik
hidi kelardi. Eng yomoni,
men unga qanday dalda
berishni, nima deb
umidlantirishni bilmasdim.
Hamisha burro tilim taskin
bera oladigan so‘z
topishga kelganda ojizlik
qilardi... Yana ikki hafta
o‘tdi. Uning ahvoli
yaxshilanmadi. Kundan-
kun so‘lib boraverdi. Buni
ko‘rish menga og‘ir edi.
Qo‘limdan hech nima
kelmasligini o‘ylab, ich-
etimni yerdim. Ammo...
Uning o‘lganini
eshitganimda, dunyo
ko‘zimga qorong‘i ko‘rinib
ketdi. Yashagim kelmay
qoldi. O‘sha paytda
o‘lishga ham tayyor edim.
Usiz yashay olishimga
ishonmasdim... Yillar o‘tdi.
Ayriliq azobi hozir o‘sha
kungiday emas, ammo uni
eslaganimda, o‘zimni
aybdorday sezaman.
Uning o‘limida mening
ham aybim borday
tuyiladi...
Категория: She'rlar | Просмотров: 1544 | Добавил: Maxsun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

BEKABADSKIY BAXTI

OZODBEK SARSON

♥♥BENOM SORAMA♥♥

Kirish

o'zbegim bayramlar

BAYRAMLAR I. O'zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umumhalq bayramlari 1. 1 yanvar - Yangi yil bayrami 2. 8 mart - Xotin-qizlar bayrami 3. 21 mart - Navro'z bayrami 4. 9 may - Xotira va qadrlash kuni 5. 1 sentyabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni 6. 1 oktyabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni 7. 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 8. Ramazon hayiti - o'zgarib turuvchi sana 9. Qurbon hayiti - o'zgarib turuvchi sana II. O'zbekiston Respublikasida nishonlanadigan muhim tarihiy sanalar 1. 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni 2. 9 fevral - Alisher Navoi tavallud topgan kun 3. 14 fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun 4. 2 mart - O'zbekiston Respublikasi Birlashgan millatlar tashkilotiga a'zo bo'lgan kun 5. 22 mart - Mirzo Ulug'bek tavallud Topgan kun 6. 9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun 7. 10 aprel - Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun 8. 27 iyun - Matbuot va ommaviy ahborot vositalari hodimlari kuni 9. 2 iyul - O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun 10. 31 vgust - Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni 11. 17 sentyabr - Abdulla Qahhor tavallud topgan kun 12. 21 oktyabr - O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili xaqidagi" Qonun qabul qilingan kun 13. 25 oktyabr - O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari hodimlari kuni 14. 18 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun 15. 10 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun III. O'zbekiston Respublikasida nishonlanadigan halqaro sanalar 1. 21 fevral - Halqaro ona tili kuni 2. 1 mart - Halqaro giyohvandlik, giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kuni 3. 7 aprel - Jaxon salomatlik kuni 4. 18 aprel - Halqaro yodgorliklar va tarihiy joylarni asrash kuni 5. 22 aprel - Halqaro olamni asrash kuni 6. 24 aprel - Halqaro yoshlar birdamligi kuni 7. 18 may - Halqaro muzeylar kuni 8. 31 may - Halqaro kashandalikga qarshi kurashish kuni 9. 1 iyun - Halqaro bolalarni himoya qilish kuni 10. 11 iyul - Jaxon halqlari kuni 11. 16 noyabr - Halqaro diniy bag'rikenglik kuni 12. 1 dekabr - Bututn jaxon OITSga qarshi kurash kuni 13. 3 dekabr - Halqaro nogironlar kuni

Izlash.