Четверг, 16.05.2024, 02:27
Приветствую Вас Гость | RSS

wWw.BeKaBaD.Uz

Меню сайта

MINI CHATIMIZ

mp3 pleylist

SO'ROVNOMA

Оцените мой сайт
Всего ответов: 64

STATISTIKA


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

BEKABADSKIY

BAXTI BEKABADSKIY

Главная » 2012 » Август » 17 » Ibratli hikoya
01:41
Ibratli hikoya

YOLG'ONCHI SHER Bor ekanu yo'q ekan, Och ekanu to'q ekan. Qadim o'tgan zamonda, Tog'-u toshlar tomonda. Bor ekan ko'p hayvonlar, Tog'da o'ynar jayronlar. Olmaxon shosha pisha, Goh daraxt,yerga tusha. Yong'oq,meva to'playdi, Ayiq suvdan ho'playdi. Qushlar ham sho'x-u shodon, Qidirishmoqdalar don. Ilon sichqon ovlaydi, Quyon yerni kovlaydi. Chumoli ham serg'ayrat, Toshbaqa qilar hayrat. Oftobda uxlar yo'lbars, Bo'ri yo'lbarsdandir qarz. O'rmonda ishlar qizg'in, Arilar ham olmas tin.Shunday serg'ayrat kunda, Ovga chiqmoqchi tunda. Ko'rshapalaklar uxlar, Sharsharadasuv bug'lar. Hamma to'kganida ter, Inida uxlardi sher. U erur xo'p dangasa, Doim shirin go'sht yesa. Uning g'ami aslo yo'q, Bo'lsa doim qorin to'q. Deyishadi uni shoh, Bu nomga keltirdi dog'. Xullas bu sheryalqovdir, Panjalari doim kir. Shunday qilibyoz o'tdi, Yoz ketidan kuz o'tdi. Bo'ldi beshavqatayoz, Sher der: bo'lsa koshki yoz. Sovuqdan titrar panja, Chidaydi iloj qancha. Olmaxon mazza qilib, Mevalardan ham to'yib.Issiq inida yotar, Sumalaklar ham qotar. Bechora sher azobda, Bo'lsa yemak shu tobda. Boribdi u g'or tomon, Ammo u yer xo'p yomon. Chunki yashaydi ayiq, Orzusi minmoq qayiq. Sher aldabdi ayiqni, Va'da qilib qayiqni. O'tkazib g'orda qishni, Qo'yib tishiga tishni. Qushlar sayrabdi nahor, Chunkikelibdi bahor. Uyg'onibo'rmon ahli, Ilonning kelib zahri. Sher ham bu paytda uyg'oq, Kayfiyati juda choq. Hoy sher ayiqdan hayiq, Berishing kerak qayiq. Ayiqqa to'qib zo'r yolg'on, Borgin debdi soy tomon. U yerda bordir qayiq, Tezroq borgin ey ayiq. Ayiq ishonib unga, Tushibdi uzoq yo'lga. Sher juda ham xursand, O'ziga beribditan. Mazza qilib go'sht yebdi, Yana yolg'on so'z debdi. Yaqinda kelar ovchi, U sizlarni yemoqchi. O'rmon ahli norozi, U sher o'zidan rozi. Bir kun sher sayr qilib, Bir ajib yerga kirib. Ko'zi tushib buzoqqa, Tushib qolib tuzoqqa. Xullas qissadan hissa: Yomonlik qilmang zinhor! Mehnatkash yaxshi bo'ling, Ezgu istakka to'ling. Sher bo'lsin sizga ibrat, Xayrbo'ling salomat.
Категория: hikoyalar | Просмотров: 1200 | Добавил: Maxsun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Maxsun  
0
cool

1 Admin  
0
QOYILMAN JUDAXAM TYASIRLI XIKOYA EKAN

Имя *:
Email *:
Код *:

BEKABADSKIY BAXTI

OZODBEK SARSON

♥♥BENOM SORAMA♥♥

Kirish

o'zbegim bayramlar

BAYRAMLAR I. O'zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umumhalq bayramlari 1. 1 yanvar - Yangi yil bayrami 2. 8 mart - Xotin-qizlar bayrami 3. 21 mart - Navro'z bayrami 4. 9 may - Xotira va qadrlash kuni 5. 1 sentyabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni 6. 1 oktyabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni 7. 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 8. Ramazon hayiti - o'zgarib turuvchi sana 9. Qurbon hayiti - o'zgarib turuvchi sana II. O'zbekiston Respublikasida nishonlanadigan muhim tarihiy sanalar 1. 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni 2. 9 fevral - Alisher Navoi tavallud topgan kun 3. 14 fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun 4. 2 mart - O'zbekiston Respublikasi Birlashgan millatlar tashkilotiga a'zo bo'lgan kun 5. 22 mart - Mirzo Ulug'bek tavallud Topgan kun 6. 9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun 7. 10 aprel - Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun 8. 27 iyun - Matbuot va ommaviy ahborot vositalari hodimlari kuni 9. 2 iyul - O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun 10. 31 vgust - Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni 11. 17 sentyabr - Abdulla Qahhor tavallud topgan kun 12. 21 oktyabr - O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili xaqidagi" Qonun qabul qilingan kun 13. 25 oktyabr - O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari hodimlari kuni 14. 18 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun 15. 10 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun III. O'zbekiston Respublikasida nishonlanadigan halqaro sanalar 1. 21 fevral - Halqaro ona tili kuni 2. 1 mart - Halqaro giyohvandlik, giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kuni 3. 7 aprel - Jaxon salomatlik kuni 4. 18 aprel - Halqaro yodgorliklar va tarihiy joylarni asrash kuni 5. 22 aprel - Halqaro olamni asrash kuni 6. 24 aprel - Halqaro yoshlar birdamligi kuni 7. 18 may - Halqaro muzeylar kuni 8. 31 may - Halqaro kashandalikga qarshi kurashish kuni 9. 1 iyun - Halqaro bolalarni himoya qilish kuni 10. 11 iyul - Jaxon halqlari kuni 11. 16 noyabr - Halqaro diniy bag'rikenglik kuni 12. 1 dekabr - Bututn jaxon OITSga qarshi kurash kuni 13. 3 dekabr - Halqaro nogironlar kuni

Izlash.